Maʼlumot uchun: Navoiy viloyatining Tomdi tumani hududida 40 ming gektar maydonga ega “Oqtogʻ-Tomdi” davlat qoʻriqxonasi 2022-yilda tashkil etilgan. Qoʻriqxonada sut emizuvchilarning 14 turi, qushlarning 21 turi va sudralib yuruvchilarning 6 turi yashaydi. Shulardan 13 turdagi hayvonlar Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Turkman qoraqulogʻi yoʻqolib ketish arafasida turgan, mozaik jihatdan keng tarqalgan kichik tur maqomida Oʻzbekiston Qizil kitobiga va CITES I ilovasiga kiritilgan. Ustyurt platosida, Amudaryoning quyi oqimida, Qizilqum choʻlida hamda Surxondaryo va Zarafshon daryolariga tutash tekisliklarda uchraydi.