Unga koʻra:

2021-2022 oʻquv yilidan boshlab Toshkent tumani oʻrmon xoʻjaligi negizida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi Oʻrmon xoʻjaligi texnikumi tashqil etiladi.

Texnikumning asosiy vazifalari:

- Oʻrmon xoʻjaligi sohasi va tarmoqlari uchun taʼlimning xalqaro tasniflagichi bilan uygʻunlashgan milliy professional standartlarga mos oʻrta maxsus maʼlumotlar kadrlarni tayyorlash;

- Taʼlimda kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;

- Oʻrmonlar barpo etish, koʻpaytirish, muhofaza qilish, oʻrmon florasi va faunasi, sohani raqamlashtirish, agrobiznes, marketing, logistika, qishloq xoʻjaligi va organik mahsulotlarni hamda dorivor oʻsimliklarni yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, shuningdek ekoturizm va ov xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish.

Texnikum Toshkent tumani oʻrmon xoʻjaligi kollejining huquqlari, majburiyatlari va shartnomlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Texnikumda yuqori malakali pedagog xodimlar tarkibini shakllantirishda Oʻrmon xoʻjaligi tizimidagi tashkilotlar va agrar sohadagi oliy taʼlim muassasalrining turdosh kafedralari professor-oʻqituvchilariga ustunlik beriladi.