Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonzorlashtirishning navbatdagi mavsumi boshlandi

    Yashil sayyora 1 Fevral 2023 1837

    Buning uchun samolyotlar, deltaplanlar, yuzlab qishloq xoʻjaligi texnikasi va minglab mutaxassislar shay.

    Qurigan dengiz tubida choʻl oʻsimliklarini yetishtirish uchun navbatdagi mavsum boshlandi. Bu, oʻz navbatida, qurigan dengiz qismidan zararli tuz va changlarning koʻtarilishiga toʻsqinlik qiladi.

    2018-yil dekabr oyidan ushbu dasturga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tashabbus koʻrsatilgan edi.

    Oʻtgan davr mobaynida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan Orol dengizining qurigan qismida 1 million 620 ming gektar maydonda saksovul, tamariks va boshqa choʻl oʻsimliklaridan iborat oʻrmon barpo etildi.

    Orolqumda 2023-yil davomida yana 100 ming gektar maydonda oʻrmonzorlashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

    Mavsumning ochilish marosimida Favqulodda vaziyatlar vaziri A. X. Qoʻldoshev, Joʻqorgʻi Kengesi raisi A. T. Oʻrinboyev, Ekologiya partiyasi raisi A. Hamzayev va boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.

    Eslatib oʻtamiz, Orolning qurigan tubidagi koʻkalamzorlashtirish ishlari Prezidentning Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi T. A. Xudaybergenov tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.