Toshkentning Yunusobod tumanidagi hovlilardan birida 55 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Captiva orqaga harakatlanayotib, 2 yoshli bolani bosib ketdi. Yoʻl-transport hodisasi oqibatida M.U. olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etdi, deb xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.