Toshkent shahar hokimi teatrni taʼmirlash yuzasidan koʻrsatma berdi

    Mahallalar kesimida biletlar berilishi, har bir teatrga bittadan xizmat avtobuslari ajratilishi esa, tomoshabinlar sonining ortishiga xizmat qiladi.

    Keyingi paytda madaniyat, sanʼat sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak eʼtibor tufayli teatrlar hayotida ham jonlanish kuzatilayotgani quvonarli.

    Shuningdek, odamlarni teatrga keng jalb qilish, Mahallalar kesimida biletlar berilishi, har bir teatrga bittadan xizmat avtobuslari ajratilishi esa, tomoshabinlar sonining ortishiga xizmat qiladi. Teatrlarni zamon talablari darajasida taʼmirlash ham tomoshabin ruhiyatiga oʻziga xos taʼsir koʻrsadi.

    Shuni inobatga olgan holda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Oʻzbekiston davlat drama teatriga tashrif buyurdi hamda teatrning hozirgi shart-sharoitini oʻrgandi. Hokim teatr binosining taʼmiri yuzasidan tegishli tashkilotlarga koʻrsatma berdi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.