Oʼzbekiston terma jamoasi unda 4ta oltin, 1ta kumush va 3ta bronza medaliga ega chiqdi va umumjamoa hisobida tarixiy birinchi oʼrinni egalladi.
Tashkilotchilar musobaqaning eng yaxshi sportchisi deb oʼzbekistonlik Jasurbek Jaysunovni tan olishdi!
Bundan tashqari Osiyo chempionatining eng yaxshi murabbiyi sifatida Oʼzbekiston terma jamoasi ustozi Pavel Xan tan olindi.
Oʼzbekiston terma jamoasi esa qitʼa chempionatida BIRINChI oʼrinni olib "Eng yaxshi jamoa" sovrinini qabul qilib oldi.
Shu tariqa Oʼzbekiston taekvondo terma jamoasi Janubiy Koreyada oʼtgan musobaqada barchani lol qoldira oldi.
Oʼzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati