Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, talaba-yoshlar va yosh sportchilar ishtirok etgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov chempionlikni qoʻlga kiritgan, bokschimiz Bahodir Jalolov, kurashchilarimiz Muhsin Hisomiddinov va Muzaffarbek Toʻraboyevlarga zarbop toʻn kiydirib, tadbirkorlar sovgʻa qilgan xonadonlar kalitlarini tantanali topshirdi.
Sportchilarimizning ota-onalari va yaqinlari soʻzga chiqib, Prezidentimizning yosh avlod kamoloti va sportga qaratayotgan eʼtibori, ularning Vatanimiz shuhratini nufuzli musobaqalarda keng tarannum etishga yaratayotgan sharoitlar uchun oʻz minnatdorchiliklarini bildirdi.
Tartanali tadbir ishtirokchilari vohaning mard oʻgʻlonlari bilan esdalik uchun suratlarga tushdi. Gullar tuhfa qilindi.