Bugun Yoshlar siyosati va sport vazirligida Majid Rashid ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda vazir Adham Ikramov, vazir o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev hamda Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti – O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Toshkent-2025 yoshlar o‘rtasidagi Para Osiyo o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik hamda mamlakat para sportchilarining joriy yil Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Para Osiyo o‘yinlariga hozirligi keng muhokama qilindi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Ma’lumot o‘rnida: yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashed O‘zbekiston Prezidentligi saylovida bevosita kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.