Mazkur murojaatlarni oʻrganish natijasida isteʼmolchilar foydasiga 13 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ qayta hisob-kitob qilingan. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi 2024-yilda Toshkent shahrida isteʼmolchilardan kelib tushgan murojaatlar va ularning natijalari boʻyicha maʼlumotida keltirilgan.
Kelib tushgan murojaatlarning soha boʻyicha taqsimoti quyidagicha: uy-joy, kommunal, qurilish va transport sohasida 2 ming 668 ta murojaat; savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 3 218 ta murojaat; aloqa va ijtimoiy xizmatlar sohasida 2 ming 912 ta murojaat va reklama hamda boshqa sohalar boʻyicha 273 ta murojaat qayd etilgan. Umumiy murojaatlarning 8 ming 646 tasi jismoniy shaxslarga, 425 tasi esa yuridik shaxslar tomonidan yoʻllangan.
Murojaatlarning har biri batafsil oʻrganilib, isteʼmolchilar manfaatlarini himoya qilish uchun zarur choralar koʻrilgan, — deyiladi xabarda.