“GSP+” imtiyozlaridan foydalangan holda Yevropaning Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ruminiya, Sloveniya, Chexiya, Avstriya va Vengriya davlatlariga, shu bilan birga Iroq, Livan, Markaziy va G‘arbiy Afrikaning Gana, Kamerun Respublikalariga tarixda birinchi marta elektrotexnika mahsulotlari eksport qilingan.
4 ta xalqaro ko‘rgazmada milliy mahsulotlar uchun alohida maydon ajratildi. Ko‘rgazmalar davomida korxonalar qariyb 50 million dollarlik shartnomalarni imzolashga erishdi.
Eng ko‘p mahsulotlar eksporti Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon kabi davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ilk marotaba 14 ta yangi korxona o‘z mahsulotlarini eksportga chiqardi.