Masalan, oʻtgan yili poytaxtda kiberjinoyatlar soni 16 mingdan ortib, fuqarolar qariyb 2 trillion soʻm moddiy zarar koʻrgan boʻlsa, ularni fosh etish 8 foizga ham bormayapti.

Jinoyatchilar bank tizimidagi boʻshliqdan, aholining ishonuvchanligidan va texnologik bilimi yetishmasligidan foydalanmoqda.

«Ichki ishlar va prokuraturaga bu yoʻnalishda barcha masalalarni hal qilib berganman. Qani natija? Bank va toʻlov tashkilotlarida himoya tizimlarini joriy etish qachon yakunlanadi?» – deya davlatimiz rahbari mutasaddilar oldiga qatʼiy savol qoʻydi.