Meksikada taekvondo boʻyicha Jahon chempionati bahslari yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida dunyoda oltinchi oʻrinni egalladi. Oʻzbekistonlik taekvondochilar Xorvatiya, AQSH, Italiya, Buyuk Britaniya, Braziliya, Eron kabi mamlakat sportchilarini ortda qoldirdi.

Eslatib oʻtamiz, bu yilgi Jahon chempionatida Svetlana Osipova oltin, Niyaz Poʻlatov kumush, Feruza Sodiqova hamda Nikita Rafalovich bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston Jahon chempionatlarida hech qachon 3 tadan koʻp medal qoʻlga kiritmagandi. Yaqindagina Osiyo chempionatida tengsiz boʻlgan Oʻzbekiston endi sayyoramizda oltinchi oʻrinni egalladi.

Taekvondochilarimizning JCHdagi natijalari:

2001 - 1 ta kumush,

2011 - 1 ta kumush,

2015 - 1 ta oltin, 2 ta kumush,

2017 - 1 ta kumush, 1 ta bronza,

2022 - 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza.