Unga ko'ra qishloq xo'jaligi mashinasozligining yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari belgilandi:

Xususan:

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot turalarini qayta ko'rib chiqish va

unifikatsiya qilish, ularning sifatini yaxshilash, tannraxini pasaytirish va qishloq xo'jaligi mashinasozligi tashkilotalrining rentabilligini oshirish;

  • 2030 yilgacha O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini

rivojlantirish strategiyasiga muvofiq zamonaviy moliyalashtirish tizimi, marketing siyosati, sotishdan keyingi va servis xizmati ko'rsatish siyosati nazarda tutilgan qishloq xo'jaligi mashinasozligini rivojlantirishning yangi strategiyasini ishlab chiqish;

  • investitsiya dasturlari, mahalliylashtirish va import o'rnini

bosish dasturlarini tanqidiy qayta ko'rib chiqish;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotga ichki talabni qanoatlantirish,

sanoatning elektrotexnika, avtomobil va boshqa tarmoqlari, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlari bilan tarmoqlararo kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

  • Korruptsiyaga qarshi “komplaens-nazorat” tizimini joriy qilish

va boshqalar.

Bir oy muddatda:

  • Qishloq xo'jaligi mashinasozligi tashkilotlarini samarali

boshqarishni tashkil qilish uchun “O'zavtosanoat” AJning yangilangan tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanadi.

  • “O'zavtosanoat” AJning o'z nomlarida “UzAuto” brendidan

foydalanish huquqiga ega bo'ladigan sohaga ixtisoslashtirilgan alohida guruhlarga ajratilgan va 100 foiz ulushli ishtiroki bilan mas'uliyati cheklangan jamiyatlar shaklidagi boshqaruvchi kompaniyalar tashkil etiladi.

Bundan tashqari:

“O'zavtosanoat” AJ tashkil etadigan boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan “O'zavtosanoat” AJ tashkilotlari ustav fondlaridagi aktsiyalarning (ulushlarning) 50 foizdan ortig'ini vakolatli boshqaruv organlari bilan kelishgan holda sotib olish mumkinligi belgilandi.

SHuningdek, mazkur qaror bilan:

Kooperativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, “ERP” avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish hamda sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlari joriy etiladi.