Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida faoliyat koʻrsatuvchi yirik xalqaro ilmiy muassasadir.
Bugungi kunda mazkur nufuzli ilmiy tuzilma sayyoramizning barcha qitʼalaridan ming nafardan ziyod yetakchi olim, muhandis va ixtirochilarni birlashtirib kelmoqda. 2021-yil 17-avgustda tashkilotning yangi yosh aʼzolarini aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan saylovda oʻzbek olimi ana shunday yuksak sharafga munosib topildi. Raxmatullayev Muzaffar Muxammadjanovich Markaziy Osiyodan yangi saylangan olimdir.
M.M.Raxmatullayev 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, ahamiyatlisi shundaki, nashrlarining katta qismi yuqori impakt-faktorli xalqaro jurnallarda chop etilgan.
Olim yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida ham bir necha yildan buyon sermahsul faoliyat yuritib keladi. Bugungi kunda shogirdlari orasidan 5 tasi PhD ilmiy darajalarini olishga tayyorlanmoqda.