Qitʼamizning eng kuchli sportchilari bilan kechgan bellashuvlarda 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʼlga kiritib, oʼzbek taekvondosida yangi sahifa ochgan hamyurtlarimiz diyorimizga qaytib keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oʼtgan tantanali tadbirda Sportni rivojlantirish vaziri А.Ikramov va uning oʼrinbosari Sh.Mahmudov, MOQ Bosh kotibi O.Kasimov, Mudofaa vazirligi mutasaddilari, sportchilarimizning yaqinlari va OАV xodimlari ishtirok etdi.
Rasmiylar muzaffar taekvondochilarimizni qarshi olar ekan, ular qayd etgan ulkan natija davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning samarasi ekanini alohida taʼkidladi. Mutasaddilar sportchilarimizni qoʼlga kiritilgan gʼalabalar bilan qutlab, kelgusida bundan-da katta marralarni zabt etishlariga ishonch bildirdi.