Taʼkidlanishicha, tahrirlovchi.uz loyihasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi «UZINFOCOM» yagona integrator” MCHJ tomonidan yaratilgan.

Ushbu veb-resursda matnni kirill alifbosidan lotin yozuviga yoki lotin yozuvidan kirillga tezkor, bexato va avtomat shaklda oʻtkazish hamda soʻzlarning xatolarini aniqlash, xato yozilgan soʻzlar uchun toʻgʻri soʻzlarni tanlash imkoniyati mavjud.

Tizimga “Oʻzbek tilining oʻquv imlo lugʻati”dan oʻrin olgan 25 000dan ortiq soʻz va “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ga kiritilgan 80 000dan ortiq soʻz va soʻz birikmalari kiritildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan shu kabi boshqa loyihalardan farqli jihati sifatida PDF va rasm koʻrinishidagi matnlarni ham oʻqiy olishi foydalanuvchilarga yanada koʻproq qulaylik yaratishi taʼkidlandi.

Kelgusida mazkur tizim yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida ham maʼlumot berildi.

Bundan tashqari, loyiha ijrochilari tizim keng ommaga taqdim qilingandan soʻng bildiriladigan takliflarni ham oʻrganib chiqib, ularni ham tizimga joriy qilishlarini maʼlum qildi.