Oʻzbekiston – Eron oʻyini sabab Toshkentda bir nechta koʻchalar yopiladi

    Futbol boʻyicha Oʻzbekiston va Eron uchrashuvi sabab soat 22:00 gacha Toshkentning Chilonzor, Choʻponota va Bunyodkor koʻchasining bir qismida transport harakati cheklanadi.

    Bugun, 10-oktyabr kuni Oʻzbekiston va Eron oʻrtasida futbol boʻyicha musobaqa oʻtkaziladi. Poytaxt YHXB shu munosabat bilan Chilonzor tumanidagi baʼzi koʻchalarda transport harakati cheklanishini maʼlum qildi.

    Koʻcha va chorrahalar:

    • Bunyodkor ikkinchi darajali koʻchasidan-Choʻponota koʻchasigacha boʻlgan qismida;
    • Chilonzor koʻchasining KHAYdan Muqimiy koʻchalari orasidagi qismida.

    Cheklov 16:00 dan soat 22:00 gacha davom etadi.

    “Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi YHXB xabarida.