SHHT Samarqand sammiti doirasida kecha Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qirgʻiziston Respublikasi Transport va kommunikatsiyalar vazirligi, Xitoy Xalq Respublikasi Taraqqiyot va islohotlar davlat qoʻmitasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida uch tomonlama bitim imzolandi.
“Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy” temir yoʻli qurilishi (Qirgʻiziston hududida) loyihasi boʻyicha
Mazkur hujjat bilan Qirgʻiziston Respublikasi hududidagi temir yoʻl qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish boʻyicha barcha ishlarni 2023-yilning birinchi yarim yilligida yakunlash belgilangan. Shuningdek, loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishda tomonlarning ishtiroki, moliyalashtirish va xarajatlarni taqsimlashiga aniqlik kiritilgan.
Loyiha Xitoydan Oʻzbekiston orqali Yevropaga va Janubiy yoʻlar bilan Fors koʻrfazi davlatlariga tashuvlarni hamda savdo geografiyasini kengaytirish uchun asos boʻlib xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.