Reglamentga koʻra, bu uchrashuv soat 11:30 gacha davom etishi kerak. Keyin SHHT kuzatuvchi va muloqot boʻyicha hamkor davlatlar, shuningdek, faxriy mehmonlarni kutib olish marosimi boʻlib oʻtadi. Ular birgalikda suratga tushadi.
Shundan soʻng kengaytirilgan doiradagi uchrashuv boshlanadi. Sammitda yakuniy hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtgach, yetakchilar qisqa tanaffusga chiqadi.
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri va SHHT Bosh kotibining ommaviy axborot vositalari uchun bayonoti ham kutilmoqda. Va nihoyat SHHTning uzoq kutilgan Samarqand sammiti rasmiy tadbirlari oʻz yakuniga yetadi.