Muloqot avvalida mehmonlarga keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohada olib borilayotgan izchil va keng koʻlamli islohotlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining faoliyati, parlament quyi palatasining fraksiyalari va qoʻmitalari ish uslublari xususida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati, mazkur hujjatda oʻz ifodasini topgan yangiliklar haqida ham axborot berildi.

Oʻz navbatida L. Kalashnikov samimiy uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi. Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda ishonchli muhitning yaratilishga qaratilgan parlamentlararo aloqalarni yanada yaxshilash, siyosiy muloqotlar muntazamligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Konstruktiv, oʻzaro ishonch ruhida oʻtgan uchrashuv yakunida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan qator taklif va tavsiyalar berildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.