Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-iyul oylarida qiymati 19,8 million AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.
Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,4 million AQSH dollariga koʻp.
2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar:
Qirgʻiz R. – 6,9 million;
Ozarbayjon – 4,0 million;
Afgʻoniston – 2,4 million;
Rossiya – 2,1 million;
Saudiya Arabistoni – 1,7 million;
Qozogʻiston – 1,6 million;
Tojikiston – 317,5 ming;
AQSH – 307,7 ming;
Ukraina – 184,3 ming;
Turkiya – 114,7 ming AQSH dollari.
Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-iyul oylarida 15 ta xorijiy davlatlarga gilam eksport qilgan.