“О‘zbekiston-2030” strategiyasi ta’lim tizimi yo‘lida muhim dastur

    Fikr 3 Mart 2024 463

    “O‘zbekiston-2030” strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishi har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

    Ushbu ustuvor yo‘nalishda 44 ta maqsad belgilab olinib, 2030-yilgacha erishiladigan natijalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari keltirib o‘tilgan bo‘lib, barcha ta’lim yo‘nalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab quvatlash, ya’ni “O‘zbekiston Global Innovatsion Indeksda Top-50 talik mamlakatlar ro‘yxatiga kirishini ta’minlash” bo‘yicha amalga oshirish kerak bo‘ladigan ishlarni jadallashtirish, bugungi kunda ilm ahliga munosib sharoitlarni yaratish, ilmiy tadqiqotlarni hayotga tadbiq qilish bo‘yicha muayyan ishlarni amalga oshirish belgilab olingan.

    Bu indeks, mamlakat ichkarisidagi xorijiy tashkilotlar, ishlab chiqarish va tadbirkorlik jamiyatlari, akademik sohalar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda yaratilgan innovatsion rivojlanishni o‘rganish uchun bir vosita sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Indeks har yil ishlab chiqiladi va o‘z ichiga bir nechta kategoriyalardan iborat bo‘ladi. Bu kategoriyalar mamlakatning innovatsion potentsialini, muammoni hal qilishga qaratilgan qarorlarni, inovatsiyaviy yutuqlarni va sanoat sohalaridagi yangiliklarni baholash uchun ko‘rsatkichlardan iborat.

    Global Innovatsion Indeksda mamlakatlar orasidagi innovatsion rivojlanishni taqqoslashda yuqori sifatli ma'lumotlar taqdim etadi va boshqa sohalarga ta'sir ko‘rsatadigan muhim bir analitik vosita sifatida mashxurlikga erishdi. Global Innovatsion Indeksda 141 mamlakatni o‘z ichiga oladi va 80 ta ko‘rsatkichdan iborat bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar “innovatsion uslublar”, “inovatsiyalarni amalga oshirish”, “soha bilan birga innovatsiyalar”, "yoshlar orasida talantlarni rivojlantirish” va boshqa shu kabi innovatsion sohalarga tegishli bo‘lgan yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Har yilning Global Innovation Index ma'lumotlari dunyo innovatsion rivojlanishining tasvirlangan holatini namoyish etadi. Jumladan 2023 yildagi ko‘rsatgichlar quyidagicha:

    O‘zbekiston Respublikasini “Global innovatsiyalar indeksi – 2023” dagi ko‘rsatkichlari.

    Komponentlar

    2015

    2023

    O‘zgarish

    Baho

    O‘rin

    Baho

    O‘rin

    (↓↑)

    1.

    Institutlar sifati

    49,0

    106

    54,7

    55

    ↑51

    2.

    Inson kapitali va ilmiy-tadqiqotlar faoliyati

    27,0

    76

    46,4

    89

    ↑13

    3.

    Infratuzilma

    29,0

    101

    37,9

    73

    ↑28

    4.

    Bozor rivojlanishi

    44,4

    85

    33,9

    69

    ↑16

    5.

    Biznesni rivojlantirish

    20,0

    138

    25,5

    78

    ↑60

    6.

    Fan va texnologiyalar

    27,2

    61

    19,3

    78

    ↓17

    7.

    Ijodiy mahsulotlar

    8,5

    138

    14,6

    93

    ↑45

    Global innovatsion indeksda yuqori 50 talikga kirish uchun mamlakatimizda quyidagi vazifalarni izchillik bilan rivojlantirish kerak:

    • Innovatsion muhitni rivojlantirish
    • Ilmiy – tadqiqot ishlarini rag’batlantirish
    • Tadbirkorlikga qulay sharoitni yaratish
    • Ta’lim va texnologiyalarni qo‘llab quvatlash
    • Ta‘lim va ishlab chiqarish tashkilotlari o‘rtasida innovatsion hamkorlikni ta’minlash
    • Ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirishda jaрon tajribasini keng jalb qilish
    • Ilmiy-tadqiqot va ta'lim sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish;

    Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatimiz rivojining muhim fundamental asoslarini o‘zida qamrab olgan bo‘lib, ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarini belgilab berdi. Muhimi, mazkur hujjat xalqaro hamjamiyat oldida davlatimiz mavqei va obro‘sini yanada mustahkamlashga, shuningdek har bir insonni o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga xizmat qiladi.

    Mavlyanov Mo‘minjon Akramovich.

    Guliston Davlat pedagogika instituti

    “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi