Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-avgust oylarida 23 ta xorijiy davlatga qiymati 215 million AQSH dollariga teng boʻlgan 213 ming tonna polietilen eksport qilgan.
Polietilen eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 32 ming tonnaga kamaygan.
2021-yilning 8 oyida Oʻzbekiston eng koʻp polietilen eksport qilgan davlatlar:
Turkiya – 61,1 ming tonna;
Rossiya – 40,5 ming tonna;
Xitoy – 40,2 ming tonna;
Latviya – 25,3 ming tonna;
Qozogʻiston – 19 ming tonna.