«O'zaviatsiya» agentligi ishtirokida Turkish Airlines, Fly Dubai, Korean Air, Asiana, Air Astana, Aeroflot, Sibir` kabi 20dan ortiq xorijiy aviakompaniyalar vakillari bilan muloqot bo'lib o'tgan.
Muloqot chog'ida pandemiya va undan keyingi holatlarda xorijiy aviakompaniyalarning o'zaro parvozlarni qayta tiklash va samarali yo'lga qo'yish masalalari atroflicha muhokama qilingan.
«Uzbekistan Airports» AJ Boshqaruvi raisi Ravshan Ismoilov O'zbekiston aeroportlari aviatashuvlarni tiklash va hamkorlikda faoliyat olib borishdan manfaatdorligini qayd etgan.
Uchrashuvda so'zga chiqqan xorijlik sheriklar o'z taklif-mulohazalari orqali O'zbekiston Respublikasiga parvozlarni qayta tiklashga har jihatdan tayyor ekanliklarini bildirgan.