Oʻzbekiston aholisining yarmi ogʻir vaznli, 20 foizi semiz hisoblanadi – tadqiqot

    Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining 18-64 yoshdagi aholisi oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari eʼlon qilindi.

    Unga koʻra, har kuni aholining uchdan ikki qismi (67 foiz) yetarli miqdorda (400 grammdan kam) sabzavot va mevalar isteʼmol qiladi;

    • aholining yarmi ogʻir vaznli, 20 foizi semiz;
    • 46 foizining qonida xolesterin miqdori oshgan;
    • aholining oʻrtacha tuz isteʼmoli kuniga 14,9 grammni tashkil etadi.

    Bu Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan miqdordan 3 baravar koʻp (kuniga 5 grammdan oshmasligi lozim) deganidir.

    Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishiga jalb etish muhim ahamiyatga ega.

    Shu oʻrinda jismoniy faollik hamda ovqatlanish meʼyor va qoidalariga amal qilmaslik,

    tarkibida tuz, qand, yogʻ miqdori koʻp boʻlgan taom va shirinliklarni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish,

    shuningdek, yetarli darajada vitamin va minerallar isteʼmol qilmaslik oqibatiga toʻxtalib oʻtsak.

    Birinchidan, yoshlarda ratsional oʻsish va aqliy rivojlanishda ortda qolish,

    Ikkinchidan, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli oʻsma kabi insonning erta oʻlimiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab boʻladi.