Emlash ishlarini sifatli tashkil etish maqsadida Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalar tibbiyot xodimlaridan 647 nafar vaksinatorlar tayyorlandi, shuningdek, tibbiyot punktlarida 81 ta emlash punktlari, Markaziy harbiy klinik gospitali, Markaziy shifoxona va harbiy gospitallarda 8 ta emlash brigadasi tashkil etildi. Shtatida tibbiyot xizmati, tibbiyot xizmatining shifokor lavozimi boʻlmagan harbiy qism va muasasalarning shaxsiy tarkibi harakatdagi emlash brigadalari tomonidan emlash ishlari olib borilishi yoʻlga qoʻyildi.
Emlashda asosan ZF-UZ-VAC-2001 xitoy-oʻzbek vaksinasidan, shuningdek “Sputnik V”, Moderna vaksinalaridan foydalanilmoqda.
Bugungi kunga kelib Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining 94,7 foizi — 1-bosqichda, 91,6 foizi — 2-bosqichda, 61,1 foizi esa 3-bosqichda emlandi.
2021-yilning avgust oyidan boshlab Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarini emlash yoʻlga qoʻyildi.
Jamshid Shakirov,
Mudofaa vazirligi
Sanitariya-epidemiologiya
nazorati markazi boshligʻi
tibbiy xizmat podpolkovnigi