Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim marafon boʻyicha Osiyo chempionatida 2 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi

    Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yengil atletikaning yarim marafon yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.

    Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, qitʼa chempionatida ishtirok etgan Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani 2 ta kumush medal bilan yakunladi.

    Yakkalik yoʻnalishida 1 soat 13 daqiqa 29 soniya natija qayd etgan Sitora Hamidova 5 yil avval oʻzi oʻrnatgan Oʻzbekiston rekordini yangilashga erishdi. Ushbu natija yurtdoshimizga kumush medalni taqdim qildi. Oltin medal Yaponiya, bronza medali esa Qirgʻiziston terma jamoasi aʼzosiga nasib etdi.

    Shuningdek, uch nafar sportchimizning umumiy hisobdagi 3:46:08 natijasi jamoaviy dasturda kumush medallarni taqdim qildi. Ushbu yoʻnalishda Qirgʻiziston jamoasi oltin, Hindiston esa bronza medaliga sazovor boʻldi.