Joriy yilning 17-22-avgust kunlari Germaniyaning Berlin shahrida "Young Euro Classic" festivali o'tkaziladi. 24-bor tashkil etilayotgan ushbu klassik musiqa festivalida ilk bor mamlakatimiz nomidan O'zbekiston davlat simfonik orkestri qatnashadi.
Orkestr jamoasi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Kamoliddin O'rinboyev dirijorligida ushbu festivalga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.
Germaniya poytaxtida butun dunyodan eng yaxshi yoshlar orkestrlari va yosh ijrochilar yig'iladi.