“Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari joriy yilning 10-noyabr kuni Frankfurtda shahar Kengashi raisi Xilime Arslaner bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuv Oʻzbekiston delegatsiyasining Germaniya Federativ Respublikasiga xizmat safari doirasida tashkil etildi.
Muloqot davomida nemis tomoni Frankfurt shahridagi aholi tarkibi, shahar Kengashidagi siyosiy partiyalar oʻrni, undagi turli sohalar boʻyicha komissiyalar tarkibi, shahardagi koalitsion hukumatning faoliyat asoslari kabi masalalar yuzasidan qisqacha taqdimot oʻtkazdi. Shuningdek, uchrashuvda Frankfurt shahar Kengashi misolida Germaniyaning mahalliy vakillik organlari faoliyati tajribasi muhokama qilindi.
Samimiy muloqot davomida nemis tomoni oʻzaro manfaatli hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi. Bu jihatdan amaliy qadamlarni muvofiqlashtirish uchun muntazam aloqalarni saqlab turishga kelishib olindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillarining Germaniyaga safari YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori koʻmagida tashkil etildi.