Xalqaro seminarda mamlakatimiz nomidan yurtimizda ayollar sportining faol targ‘ibotchilari, xususan, o‘zbek va jahon gimnastikasi afsonasi Oksana Chusovitina, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi bosh kotibi Kseniya Gulyamova, MOQ Xalqaro aloqalar departamenti bosh mutaxassisi Nargiza Xolmirzayeva qanashyapti.

Tadbirda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining (XOQ) strategik yo‘l xaritasi, Olimpiya kun tartibiga muvofiq Osiyo mamlakatlari sport hamjamiyatida gender tengligiga erishish, xususan, rahbarlik lavozimlaridagi ayollar o‘rnini kamida 30 foizga yetkazish kabi masalalar muhokama qilinmoqda.

Ishtirokchilarga  Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax videomurojaat yo‘lladi. OOKning amaldagi rahbari Raja Randxir Singx, Bahrayn MOQ prezidenti Shayx Xolid bin Hamad Al Xalifa, OOK Ijroiya qo‘mitasi aʼzosi, tashkilotning gender tenglik masalalari masʼuli Sheyxa Hayat bin Abdul Aziz Al Xalifa mavzu yuzasidan nutq so‘zladi.

Seminar kun tartibida Oksana Chusovitinaning chiqishi ham belgilangan.