Oʻzbekiston yerlarining yarmidan koʻp qismi qishloq xoʻjaligiga tegishli — Kadastr agentligi

    Mamlakatning umumiy yer maydoni 44,9 million gektarni tashkil etadi. Bu haqda Kadastr agentligi xabar berdi.

    Shundan 26 220,5 ming gektari qishloq xoʻjaligi yerlari, 221,5 ming gektari aholi punktlari yerlari hisoblanadi. Shuningdek, 798,8 ming gektari sanoat, transport, aloqa va mudofaa yerlari 4 258,8 ming gektari tabiatni muhofaza qilishga moʻljallangan yerlari, 32,3 ming gektari tarixiy-madaniy ahamiyatga ega yerlaridir.

    Oʻrmon fondi yerlari 10 967,8 ming gektar, suv fondi yerlari – 1 041,4 ming gektar, zahira yerlari – 1 351,0 ming gektarni tashkil etadi.

    Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mavjud 44,9 million gektar yer maydonining 95 foizi, yaʼni 42,5 million gektari “UZKAD” axborot tizimida elektron xaritaga tushirildi.

    Shu asosda 42,1 million gektar yer uchun 1,9 millionta yerdan foydalanuvchi kesimida kadastr yigʻma jildlari shakllantirilib, davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

    Yer toifalari boʻyicha raqamlashtirish holati:

    Qishloq xoʻjaligi yerlari:

    • 23,5 million gektar (1 587,2 mingta) xaritalashtirilgan
    • 23,2 million gektar (1 285,6 mingta) roʻyxatdan oʻtkazilgan

    Suv fondi yerlari:

    • 1,1 million gektar (33 422 ta) xaritalashtirilgan
    • 1 million gektar (29 204 ta) roʻyxatdan oʻtkazilgan

    Oʻrmon fondi yerlari:

    • 11,1 million gektar (3 746 ta) xaritalashtirilgan
    • 11 million gektar (3 404 ta) roʻyxatdan oʻtkazilgan

    Tabiatni muhofaza qilish yerlari:

    • 4,2 million gektar (10 569 ta) xaritalashtirilgan
    • 4,2 million gektar (7 314 ta) roʻyxatdan oʻtkazilgan

    Zahira yerlari:

    • 2,3 million gektar (54 402 ta) xaritalashtirilgan
    • 2,3 million gektar (39 762 ta) roʻyxatdan oʻtkazilgan

    Shuningdek, huquqiy hujjatlari toʻliq boʻlmagan 0,2 million gektar yer maydonida faoliyat yuritayotgan 366,5 mingta subyekt “foydalanuvchi” sifatida hisobga olindi.

    Bundan tashqari 181,7 mingta ilgari hisobga olinmagan obyekt va 2,3 mingta qoʻshimcha qurilma aniqlandi. Shu asosda 155,8 milliard soʻm miqdorida qoʻshimcha soliq summasi byudjetga hisoblandi.