Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi maʼlum qildi.
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Yangi Toshkent hududiga qisman oʻtkazilayotgan mahallalar boʻyicha quyidagilarni maʼlum qiladi.
Yuqori Chirchiq tumanidan qisman 11 ta mahalla:
“Istiqlol”, “Gulobod”, “Navroʻz”, “Qorasuv”, “Oq ovul”, “Jumabozor”, “Nurli yoʻl”, “Farovon”, “Yangi hayot”, “Sahovat” va “Qizilsoy” MFYlar
Oʻrta Chirchiq tumanidan esa qisman 3 ta mahalla:
— Mustaqillik MFY;
— Yangi Turmush MFY;
— Mashʼal MFY.








