Tashqi ishlar vazirligi Hindiston va Pokiston oʻrtasida kuzatilayotgan keskinlashuv munosabati bilan rasmiy bayonot berdi.
Unda taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston ushbu holat rivojini xavotir bilan kuzatmoqda.
“Biz ikki davlatni vazminlikka, tinchlik va barqarorlik manfaatlarini inobatga olgan holda harakat qilishga chaqiramiz. Shuningdek, vaziyatning yanada yomonlashishini oldini olish uchun diplomatik muloqotga ustuvor ahamiyat berish lozim”, — deyiladi bayonotda.
Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Oʻzbekiston bu boradagi har qanday xalqaro yoki mintaqaviy tinchlikka qaratilgan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini maʼlum qilgan.