Tadqiqotning asosiy maqsadi – foydalanilgan avtomobillar komplektatsiyasining ularning narxlariga taʼsir darajasini baholash qilib belgilab olindi.
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 3 milliondan ortiqroq yengil avtomobillar ruyxatdan oʻtgan boʻlib, avtomobil savdosining katta qismi ikkilamchi bozorda amalga oshadi. Ikiilamchi bozorning hajmi yiliga taxminan 2 milliard dollarni tashkil etgan holda, har yili 400-500 mingga yaqin oldi-sotdi shartnomalari amalga oshiriladi. Shu nuqtayi nazardan, ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining shakllanish qonuniyatlarini oʻrganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbekistonda (qayta) roʻyxatdan oʻtgan transport vositalari soni (2018-yil yanvar = 100%)

Uzoq yillar davomida avtomobillarning narxi ularning ishlab chiqarilgan yiliga bogʻliq boʻlmagan, ammo soʻnggi yillarda vaziyat oʻzgara boshladi. Bu, asosan, yangi mashina sotib olishdagi toʻsiqlarning kamayishi bilan bogʻliq.
Dastlabki tahlillar shuni koʻrsatdiki, hozirgi kunda oʻrta hisobda avtoulovning bir yilga eskirishi uning narxini 600 dollarga pasaytiradi. Biroq, bu hisoblash usuli avtomobilning turli xil xususiyatlarini narxga taʼsir qilish ehtimolini inobatga olmaydi. Shu sababli, ushbu kamchiliklarni hisobga olgan holda muqobil usullardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Veb-skraping usuli
Oʻzbekistonning ikkilamchi avtomobil bozorini tahlil qilish uchun internet maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlashga moslashgan maxsus veb-skraping usuli ishlatildi. Dasturning asosiy xususiyatlaridan biri bu mashina oʻrganishi (Machine learning) usullaridan foydalanishidir.
Raqamli iqtisodiyotga bosqichma-bosqich oʻtish davrida kiber maydonda sodir boʻlayotgan voqealar toʻgʻrisida oʻz vaqtida va sifatli maʼlumot olish zaruriyati oshib bormoqda. Katta hajmdagi maʼlumotlar har yili muhim ahamiyat kasb etmoqda va hozirgi kunda har qanday zamonaviy tashkilot, shuningdek, hukumatlar uchun katta hajmdagi maʼlumotlardan foydalangan holda muammolarni qayta ishlash boshqaruvning muhim jihatlaridan biridir.
Biroq, global Internet tarmogʻida mavjud boʻlgan maʼlumotlar miqdori juda katta, baʼzi taxminlarga koʻra, 2020-yilda u 40 trillion gigabaytga yetishi mumkin va bu koʻrsatkich yana-da tezroq oʻsib boradi. Shuning bilan birga, bugungi kunda veb-saytlarni qayta ishlash, mashina oʻrganishi va sunʼiy intellekt vositalari kabi raqamli texnologiyalar yordamida internetdan maʼlumotlarni olish osonlashmoqda.
Maʼlumot uchun: veb-skraping (web-scraping) – internetdan maʼlumotlarni avtomatik ravishda olish va yigʻish uchun zarur boʻlgan dasturiy taʼminot tizimi. Veb-skraping ishlatishning eng keng tarqalgan yoʻnalishlariga veb-indekslash, elektron tijoratda narxlarni kuzatish va taqqoslash, bozor tadqiqotlari, mahsulotlarni tahlil qilish, savdo maʼlumotlarini toʻplash, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarni oʻrganish kiradi.
Rusumi va yillar boʻyicha oʻrtacha avtomobil narxlari, AQSH dollarida
(veb-skraping usuli orqali yigʻilgan)
|
Rusum
|
2014
|
2015
|
2016
|
2017
|
2018
|
2019
|
2020
|
|
Chevrolet Captiva, 2 pozitsi
|
16593
|
19000
|
-
|
24000
|
-
|
-
|
-
|
|
Chevrolet Captiva, 3 pozitsi
|
19271
|
20122
|
20740
|
19500
|
-
|
-
|
-
|
|
Chevrolet Captiva, 4 pozitsi
|
20071
|
21143
|
24728
|
25364
|
28492
|
35000
|
36500
|
|
Chevrolet Cobalt, 1 pozitsi
|
7338
|
7721
|
8516
|
8472
|
8610
|
8850
|
-
|
|
Chevrolet Cobalt, 2 yevro
|
8107
|
8025
|
8306
|
8043
|
9471
|
9742
|
10467
|
|
Chevrolet Cobalt, 2 pozitsi
|
7971
|
8150
|
8459
|
8768
|
9141
|
9647
|
10041
|
|
Chevrolet Cobalt, 3 pozitsi
|
8292
|
8379
|
9231
|
9236
|
8225
|
10273
|
9982
|
|
Chevrolet Cobalt, 4 pozitsi
|
8184
|
9029
|
9350
|
9967
|
9813
|
10595
|
11349
|
|
Chevrolet Damas
|
6181
|
6372
|
6666
|
7150
|
7282
|
7779
|
8046
|
|
Chevrolet Labo
|
-
|
7450
|
8063
|
8280
|
8748
|
9186
|
9007
|
|
Chevrolet Lacetti
|
9213
|
9262
|
10000
|
10900
|
12233
|
11235
|
12413
|
|
Chevrolet Lacetti, 1 pozitsiya
|
8695
|
9072
|
9387
|
9728
|
10255
|
11258
|
11883
|
|
Chevrolet Lacetti, 1 pozitsiya
|
9176
|
8936
|
9618
|
10383
|
10765
|
11271
|
11965
|
|
Chevrolet Lacetti, 2 pozitsiya
|
9009
|
9215
|
10000
|
10100
|
10889
|
11105
|
11833
|
|
Chevrolet Lacetti, 3 pozitsiya
|
9545
|
10063
|
9680
|
11554
|
11853
|
12757
|
13881
|
|
Chevrolet Malibu 2
|
-
|
-
|
-
|
23978
|
26212
|
27457
|
28051
|
|
Chevrolet Malibu, 2 pozitsiya
|
14977
|
15466
|
16493
|
22700
|
27438
|
23934
|
28857
|
|
Chevrolet Malibu, 3 pozitsiya
|
16033
|
16900
|
17750
|
28000
|
26350
|
26789
|
28352
|
|
Chevrolet Matiz
|
4688
|
4470
|
4283
|
5554
|
5042
|
-
|
-
|
|
Chevrolet Matiz Best, 2 pozitsiya
|
5100
|
4813
|
6000
|
5433
|
5189
|
-
|
-
|
|
Chevrolet Matiz Best, 3 pozitsiya
|
4543
|
5063
|
5404
|
5513
|
5108
|
-
|
-
|
|
Chevrolet Matiz, 1 pozitsiya
|
4394
|
4493
|
4055
|
4862
|
5216
|
-
|
-
|
|
Chevrolet Matiz, 2 pozitsiya
|
4435
|
4504
|
4765
|
5180
|
4875
|
6000
|
-
|
|
Chevrolet Matiz, 3 pozitsiya
|
4812
|
4746
|
4580
|
5367
|
5667
|
5792
|
-
|
|
Chevrolet Matiz, 4 pozitsiya
|
4639
|
4942
|
5275
|
5271
|
5950
|
-
|
-
|
|
Chevrolet Nexia 2
|
6551
|
7259
|
6643
|
7300
|
8203
|
-
|
-
|
|
Chevrolet Nexia 3, 2 pozitsi
|
-
|
-
|
7816
|
7985
|
8037
|
8375
|
8819
|
|
Chevrolet Nexia 3, 4 pozitsi
|
9000
|
|
8478
|
8498
|
8907
|
9461
|
10182
|
|
Chevrolet Spark, 1 pozitsiya
|
5302
|
6205
|
5931
|
6000
|
7000
|
-
|
8165
|
|
Chevrolet Spark, 2 yevro pozitsiya
|
5989
|
6127
|
6859
|
6955
|
6968
|
7321
|
7776
|
|
Chevrolet Spark, 2 pozitsiya
|
5932
|
6027
|
6311
|
6515
|
6843
|
7124
|
7500
|
|
Chevrolet Spark, 3 pozitsiya
|
6022
|
6235
|
6336
|
7140
|
7528
|
7714
|
8714
|
|
Chevrolet Spark, 4 pozitsiya
|
6050
|
6672
|
8167
|
7413
|
7863
|
8565
|
8846
|
|
Chevrolet Tracker, 2 pozitsi
|
-
|
-
|
-
|
-
|
17000
|
18948
|
19814
|
|
Daewoo Damas
|
5000
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
7782
|
|
Daewoo Lacetti
|
9500
|
8217
|
9487
|
9094
|
-
|
-
|
-
|
|
Daewoo Matiz (Standart)
|
4363
|
4441
|
4583
|
5050
|
-
|
-
|
-
|
|
Daewoo Matiz Best
|
|
|
4550
|
5000
|
5500
|
-
|
-
|
|
Daewoo Nexia
|
5936
|
5761
|
6200
|
-
|
-
|
-
|
8429
|
|
Daewoo Nexia II
|
6364
|
6529
|
6543
|
-
|
-
|
-
|
-
|
|
Kia Carnival
|
-
|
22915
|
27199
|
26500
|
32833
|
35000
|
37500
|
|
Ravon Nexia R3
|
-
|
-
|
8205
|
8028
|
8487
|
8098
|
10079
|
|
Ravon R4
|
7908
|
8200
|
9500
|
9094
|
9570
|
10014
|
10534
|
|
VAZ (Lada) Largus
|
9061
|
10455
|
11214
|
12249
|
12825
|
13918
|
13624
|
|
VAZ (Lada) Vesta
|
-
|
8200
|
10500
|
10669
|
11429
|
12507
|
13382
|
|
VAZ (Lada) Niva
|
8000
|
7129
|
-
|
11584
|
10200
|
10800
|
12140
|
Maʼlumotlar tavsifi
Olingan maʼlumotlarning manbai Uznet tarmogʻidagi elektron tijorat saytlari va savdo maydonchalari hisoblanib, taxminan 20 ming avtomobillar haqida maʼlumotlar toʻplandi. Har bir transport vositasining narxi, rusumi, pozitsiyasi, ishlab chiqarilgan yili, dvigatel turi, yurgan masofasi, rangi va boshqa parametrlari boʻyicha maʼlumotlar bazasi yaratildi.
Dastlabki maʼlumotlar avtomobillarning haqiqiy tasnifiga zid boʻlgan maʼlumotlardan tozalangandan soʻng tadqiq qilinadigan avtomobillar soni 10 ming darajasida saqlanib qoldi.
|
Avtomobil koʻrsatkichi
|
Kuzatuvlar soni
|
Oʻrtacha qiymat
|
Standart ogʻish
|
Minimal qiymat
|
Maksimal qiymat
|
|
Narxi
|
10863
|
7500
|
4382
|
750
|
65000
|
|
Ishlab chiqarilgan yili
|
10863
|
2012
|
6
|
1990
|
2020
|
|
Yurgan masofasi
|
10863
|
112752
|
109496
|
1
|
500000
|
|
Konditsioneri bor
|
10863
|
0,05
|
0,22
|
0
|
1
|
|
Oynalarning qoraytirilganligi
|
10863
|
0,04
|
0,20
|
0
|
1
|
|
Blyutuz bor
|
10863
|
0,02
|
0,15
|
0
|
1
|
|
Linzali optika tizimi bor
|
10863
|
0,01
|
0,08
|
0
|
1
|
|
Signalizatsiyali
|
10863
|
0,01
|
0,12
|
0
|
1
|
|
Boshqalar
|
…
|
…
|
…
|
…
|
…
|
Taʼkidlash joizki, biror bir omilning narxga “sof” holdagi taʼsirini bilish uchun boshqa jihatlar boʻyicha bir xil va faqat taʼsiri oʻrganilayotgan omil boʻyicha farq qiladigan avtomobillar narxlarini solishtirilishi maqsadga muvofiq. Ammo oʻxshash avtomobillarning soni yuzdan ortiq boʻlgan holatlarda ikki guruhdagi (masalan, faqat yoshi boʻyicha farq qiladigan) avtomobillarning oʻrtacha narxlari solishtiriladi.
Marka, rang, sotilish joyi va boshqa jihatlari bir xil boʻlgan va faqat yoshida farq qiladigan avtomobillar solishtirib koʻrilganda bir yilga eskirish narxni oʻrtacha 300-400 dollargacha pasayishiga olib kelishi aniqlandi. Shu bilan birga, natijalarga koʻra, avtoulovning yurib oʻtgan masofasi uning narxga sezilarli taʼsir qilmaydi. Buni ikki narsa bilan izohlasa boʻladi. Birinchidan, ishlab chiqarilgan yili yurib oʻtilgan masofani allaqachon oʻzida aks ettiradi, ikkinchidan, odometrdagi raqamlarni orqaga aylantirish amaliyoti keng tarqalganligi narx va yurilgan masofa oʻrtasidagi bogʻliqlikning koʻrinmay qolishiga olib keladi. Shunga oʻxshash fikrlar bu sohadagi boshqa mutaxassislar tomonidan ham keltirib oʻtilgan.
Avtomobilning ishlab chiqarilgan yili oʻrtacha yurib oʻtgan masofasi orasida bogʻliqlik mavjud

Manba: Internet maʼlumotlaridan foydalangan holda mualliflarning hisob-kitoblari.
Shu bilan birga, natijalar shuni koʻrsatadiki, bir xil marka, pozitsiya, ishlab chiqarilgan yil, aksessuarlar bilan jihozlangan avtomobillar uchun oynalarni qoraytirilganligi narxni oʻrtacha 350 dollarga oshiradi. Bugungi kunga qadar oynani qoraytirishning eng keng tarqalgan turiga ruxsat olish uchun qariyb 220 dollar toʻlash kerak boʻlgan, qoʻshimcha oʻrnatish xarajatlarini ham inobatga olganda bu natijalarning ishonchliligi tasdiqlanadi. Bundan tashqari, konditsioner sovutish tizimi mavjudligi avtomobil narxini 170-200 dollarga oshiradi, shuningdek, audio tizimi oʻrnatilganligi narxni qoʻshimcha 100-120 dollarga, Bluetooth imkoniyati mavjudligi 240 dollarga, premium rusumdagi avtomobillarda linzali optika oʻrnatilganligi 420 dollarga qimmatlashtiradi.
Ammo, signalizatsiyali va signalizatsiya oʻrnatilmagan bir xil xarakteristikali avtoulovlar narxlari oʻrtasida sezilarli farq topilmadi. Shunga oʻxshash parda, tuman chiroqlari, ksenon, sezgichlar, gidravlikali boshqaruv tizimi, lyuk mavjudligining narxga sezilarli taʼsiri aniqlanmadi.
Bir xil parametrlarga ega boʻlgan avtomobillar taqqoslaganda “Kaptiva” 4 va 1-pozitsiyalari narxlardagi farq 9500 dollarni, “Kobalt” 4 va 1-pozitsiyalari narxlardagi farq 1400 dollarni, “Kobalt” yevro va milliy versiya narxlardagi farq 300 dollarni, “Lacetti” 3 va 1-pozitsiya narxlardagi farq 700 dollarni, gazli va gazsiz “Lacetti” narxlardagi farq 400 dollarni tashkil etdi.
“Malibu 2” va “Malibu 1” markalari oʻrtasidagi farq taxminan 9000 dollarni tashkil etdi. “Matiz” va “Neksiya 2” markalari uchun avtomobilning pozitsiyasi amalda narxga taʼsir qilmasligi aniqlandi, maksimal farq faqat 100-150 dollargacha yetishi mumkin.
Shuningdek, natijalar “Nexia 2”ning “Dons” va “Sons” seriyasiga tegishliligi uning narxiga taʼsir etmasligini koʻrsatadi . Spark uchun ikkilamchi bozorda 4-chi va 1-pozitsiyalar qiymatining farqi 1200 dollarni tashkil qildi va yevro versiya narxi 300 dollarga qimmatroqligi aniqlandi.
Har xil rusumdagi va pozitsiyadagi avtomobillarning oʻrtacha narxi (AQSH dollarida)
Rang ham avtomobillarning narxiga taʼsir qilishi bor gap. Jigarrang, qora, nam asfalt va qizil rang narxning oshishiga olib kelishi aniqlandi. Bundan bilish mumkinki, qora rang endilikda noqulaylik (yuvish uchun xarajatlarning koʻpligi) ramzi emas, balki “shoxonalik” ramziga aylanib qolgan.
Narxga ijobiy taʼsir qiluvchi ranglar qatorida oq rangning yoʻqligini bu rang mashinaning narxiga emas, balki likvidligini (sotib olish va sotish intensivligi) oshishiga hissa qoʻshishi bilan izohlanishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, internet-axborot manbalaridan foydalangan holda katta hajmdagi maʼlumotlarni olish va qayta ishlash bozorlarni yana-da tizimli va keng miqyosda tahlil qilish, bozorlar holatini tushuntiruvchi omillarni aniqlashda keng imkoniyatlarni yaratadi.
Baxtiyor Ismoilov,
Baxtishod Xamidov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi