Kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo kubogida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Musobaqaning saralash bosqichida qizlarimiz BAA, Hindiston, Yaponiya kabi kuchli jamoalarni magʻlub etishdi.

Finalda esa malayziyalik merganlar 5:3 hisobida dogʻda qoldirildi.

Turnirda Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroyeva, Jasmina Nurmanova va Omina Ergasheva yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.