Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Moskva shahrida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi hukumatlari oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik boʻyicha qoʻshma komissiyasi majlisi doirasida Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri oʻrinbosari O.Yarilova bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida, har ikki davlat oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan madaniy aloqalarni yangi pogʻonaga olib chiqish, sohada tadbiq etilgan madaniy loyihalar yuzasidan yangi hamkorliklarni yoʻlga qoʻyish kabi masalalar muhokama etildi.
Muzokara yakunida, 2022-yilda Rossiya Federatsiyasida Oʻzbekiston madaniyat kunlarini oʻtkazish, 2022-yilda boʻlib oʻtadigan Sank-Peterburg madaniyat forumida Oʻzbekistonni mehmon davlat sifatida ishtirokini taʼminlash, teatr sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlari hamda madaniyat yoʻnalishidagi taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning oʻzaro malaka oshirishini yoʻlga qoʻyish kabi kelishuvlarga erishildi.