Jasur al`pinistimiz beqaror ob-havo sharoiti, turli murakkabliklarga qaramay erishgan yutug'ini Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishladi.
7 iyun kuni Sergey Denisenko yurtimizga qaytib keldi. Shu munosabat bilan Toshkent xalqaro aeroportida qahramon hamyurtimiz keng jamoatchilik vakillari tomonidan tantanali kutib olindi.
– Cho'qqilarni zabt etmoq uchun jismoniy tayyorgarlikning o'zi etarli emas. Buning uchun juda katta ruhiy quvvat ham kerak, – deydi Sergey Denisenko. – Hech bir mubolag'asiz aytishim kerakki, men bunday ruhiy kuchni yurtimizdan, undagi katta islohotlar to'lqinidan oldim. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan katta o'zgarishlar hammamizni quvontiradi, hayajonga soladi. Ilgari tasavvur ham qilolmagan keng ko'lamdagi uy-joylar qurilishi, yangi-yangi ish o'rinlari, yoshlarning ta'lim olishi uchun yaratilayotgan qulay sharoit va imkoniyatlar, Prezidentimiz tomonidan berilayotgan motivatsiya, intilishlar, tashabbuslarning qo'llab-quvvatlovi, xalqaro sport musobaqalaridagi g'alabalarimiz, xullas, barcha-barchasi meni dunyoning eng baland cho'qqisiga olib chiqdi.
Everest cho'qqisida o'tirib ko'z o'ngimdan bolalikdagi orzularim, ota-onam, do'stlarim, yaqinlarimning munis siymosi, jonajon O'zbekistonimizning so'lim manzaralari birma-bir o'ta boshladi. Zabt etilgan marrada inson o'zini Vataniga daxldor sezar ekan.
Hammasi uchun rahmat. Yangi marralarni zabt etishdan to'xtamaymiz. Bunday intilishlar, muvaffaqiyatlar yurtimiz bo'ylab davom etishiga ishonaman.