Qarorga koʻra, quyidagi bayonnoma, konvensiyasi va bitimlarga qoʻshilindi:

  1. Umumjahon pochta ittifoqining umumiy reglamentiga ikkinchi qoʻshimcha bayonnomaga (Addis-Abeba, 2018-yil 7-sentyabr);
  2. Umumjahon pochta ittifoqining umumiy reglamentiga uchinchi qoʻshimcha bayonnomaga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);
  3. Umumjahon pochta konvensiyasiga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);
  4. Umumjahon pochta konvensiyasiga yakuniy bayonnomaga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);
  5. Pochta toʻlov xizmatlari toʻgʻrisidagi bitimga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);
  6. Pochta toʻlov xizmatlari toʻgʻrisidagi bitimga yakuniy bayonnomaga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust).

Raqamli texnologiyalar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin ularning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.