Muloqotda Yaqin Sharqdagi hozirgi murakkab vaziyat muhokama qilinib, yuzaga kelgan beqarorlik jiddiy tashvish uygʻotayotgani qayd etildi.
O‘zbekiston Prezidenti O‘mon hududida sodir bo‘lgan bunday harakatlardan xavotirda ekanini bildirib, O‘zbekiston har qanday qarama-qarshilik hamda ziddiyatni siyosiy-diplomatik va tinch yo‘llar bilan, muzokaralar orqali hal qilishning qat’iy tarafdori ekanligini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari Sultonlikning mintaqada xavfsizlikni taʼminlash borasida amalga oshirib kelayotgan faol vositachilik roli va izchil saʼy-harakatlarini alohida eʼtirof etdi.
Shuningdek, Oʻmonda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash va ularni Vataniga qaytarish uchun yaratilayotgan shart-sharoit uchun Sulton Aʼlo Hazratlariga chuqur minnatdorlik bildirdi.
Oʻz navbatida Oʻmon Sultoni Oʻzbekiston yetakchisiga hamjihatlik va birdamlik tuygʻulari uchun tashakkur izhor etib, Masqatga boʻlajak oliy darajadagi tarixiy tashrif yuksak saviyada oʻtishiga ishonch bildirdi.