Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib boryapti.
Videokonferensaloqa tarzida oʻtkazilayotgan majlisda senatorlar, hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar vakillari hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etyapti.
Yalpi majlis “Oʻzbekiston” va “Uzreport” telekanallari, shuningdek, Senatning www.senat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri yoritib borilyapti.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.