Firibgarlar tomonidan takroran Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining videotasviriga sunʼiy intellektga asoslangan dastur yordamida qayta ishlov berilib, audioyozuvlarni soxtalashtirish yoʻli orqali goʻyoki Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlari hamda Telegram messenjeri orqali turli xil kanal va guruhlarda “Goʻyoki firibgarlar jazosiz qolmasligini taʼkidlab, brokerlarga aldanib qolgan fuqarolarga pullarini undirib berishni hisobga olib, Yuridik xizmatlarini yaratdik” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.
Kiberxavfsizlik markazi internet foydalanuvchilaridan bu kabi soxta va yolgʻon xabarlarga ishonmaslikni soʻramoqda: “Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni haqqoniyligini aniqlash uchun ularning rasmiy manbalari orqali qayta tekshirib”.