Jumladan,  shu yil avgust oyida eʼtiboran ushbu mamlakatning «Nogoum FM-100.6» va «Nile FM-104.2» radiokanallarida O‘zbekistonning turistik salohiyatiga bag‘ishlagan radioroliklar misrlik tinglovchilar eʼtiboriga  havola qilinmoqda. Ushbu  materiallar  bir oy  davomida ushbu  kanallar orqali  uzatiladi.  

Yigirma soniya davom etadigan ingliz va arab tillaridagi mazkur eshittirishlarda mamlakatimizning Ziyorat turizmi imkoniyatlari, islom olamida mashhur bo‘lgan Samarqand, Buxoro va Xorazm kabi tarixiy  shaharlarimiz haqidagi muhim maʼlumotlar o‘rin olgan. Shuningdek, Misr  aholisi tomonidan qadrlanadigan buyuk allomalarimiz Imom Buxoriy, Ibn-Sino, Xorazmiy,  Zamaxshariy va Imom Moturidiy  hayotiga  oid muhim dalillar tinglovchilarga yetkazilmoqda.

  Radio eshittirishlar davomida, misrliklar O‘zbekistonga sayyohat qilishga, milliy o‘zbek oshxonasi, go‘zal tabiat manzaralari va betakror shaharlarimiz arxitekturasidan bahramand bo‘lishga  daʼvat  etilyapti.