Oʻzbekiston shaharlarini rivojlantirish uchun Osiyo Taraqqiyot banki 59 million dollar ajratadi

    Loyihani amalga oshirish muddati 5 yilni tashkil etadi.

    Prezidentning 19.04.2023-yildagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “O'zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” PQ-124-son qarori qabul qilindi.

    “O'zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish uchun OTB bilan 59 million AQSH dollari miqdoridagi qarz bitimini imzolash bo'yicha dastlabki kelishuvga erishilgan.

    Bunda O'zbekistonning xalqaro shartnomalari bo'yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag'lari (qarzlari, kreditlari) hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida olinadigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilingan.

    Loyihani amalga oshirish muddati 5 yilni (2023-2027-yillar) tashkil etadi.

    Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

    • “O'zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari;
    • “O'zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi bo'yicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini so'ndirish va foizlarni to'lashning prognoz jadvali;
    • “O'zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzini 2028 yildan boshlab qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining prognoz jadvali;
    • “O'zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi 2-komponenti doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzi bo'yicha xizmat ko'rsatish xarajatlarini qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining prognozi.