баннер
16 Mar 2025
06:57

    Oʻzbekiston sinxron suzuvchilari Rossiyadagi turnirda shohsupaga koʻtarildi

    Sport 13 Dekabr 2023 703

    Shu kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida sinxron suzish boʻyicha xalqaro turnir oʻtkazilmoqda.

    Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, musobaqaning navbatdagi kunida Oʻzbekiston sportchilari shohsupaga koʻtarilishdi.

    Xususan, Rayxona Ergasheva, Yuliya Limanova, Jasmina Qodirova, Sabina Mahmudova, Ruxsoraxon Saidaliyeva, Elizaveta Afanaseva, Samira Agzamova hamda Safina Joʻrayeva yoshlar oʻrtasida jamoaviy dasturda kumush medal sovrindori boʻlishdi.

    Bundan tashqari, kattalar oʻrtasidagi yakkalik bellashuvlarida Diana Onkes ham kumush medalni qoʻlga kiritdi. Anna Vaщyenko esa bronza medali sohibiga aylandi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech