баннер
16 Mar 2025
23:19

    Oʻzbek muaytaychilari ikki nufuzli turnirda 37 ta medalni qoʻlga kiritdi

    Sport 21 Avgust 2024 427

    Turkiyaning Istanbul shahrida muaytay boʻyicha I Turk davlatlari oʻrtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz aʼzolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

    Mazkur nufuzli musobaqada 11 ta davlatdan 500 nafarga yaqin muaytaychilar gʻoliblik uchun kuch sinashdi. Unda sportchilarimiz 6 ta oltin, 10 ta kumush, 13 ta bronza jami 29 ta medal jamgʻarib, umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi.

    Shuningdek, Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida muaytay boʻyicha yoshlar oʻrtasida tashkil etilgan “DUBAI OPEN” ochiq chempionatida terma jamoamiz aʼzolari 5 ta oltin va 3 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech