Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan vakolatxonalar oʻrtasida 18-xalqaro mini-futbol turniri oʻtkazildi

    Sport 23 Sentabr 2024 326

    Turnirda 24 ta jamoa ishtirok etdi.

    21-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi koʻmagida Olmazor tumanidagi Respublika oliy sport mahorat maktabining “Chigʻatoy” stadionida 18-xalqaro mini-futbol turnirini boʻlib oʻtdi.

    Turnirni oʻtkazishdan asosiy maqsad Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni hamda sport diplomatiyasini rivojlantirish, diplomatik vakolatxonalar va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli va maroqli oʻtishini taʼminlash, ularning norasmiy, doʻstona muloqot qilishlari uchun sharoit yaratishdan iborat.

    Ushbu tadbir diplomatik vakolatxonalarning sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirib, mamlakatlar oʻrtasida ahil munosabatlarni

    mustahkamlashga xizmat qiladi. Mini-futbol turnirida elchilar, diplomatlar, elchixonalar va xalqaro tashkilotlar, kompaniyalar, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi xodimlaridan iborat 24 ta jamoa ishtirok etdi.

    Shuningdek, diplomatik vakolatxonalar xodimlari oila aʼzolari uchun alohida badminton, arqon tortish va estafeta kabi musobaqalar tashkil etildi.