Oʻzbekiston sogʻlom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasiga asos solindi

    Sport 19 Oktabr 2023 1375

    Mamlakatimizda aholi orasida jismoniy tarbiya va sport, sogʻlom turmush tarzi targʻibotini yanada kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston sogʻlom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi.

    Joriy yil 18-oktyabrda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida Assotsiatsiyaning ilk Konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

    Tadbirni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari Odil Abduraxmanov, Yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari Durdona Rahimova, Yoshlar ishlari agentligi direktorining oʻrinbosari Dilnozaxon Kattaxonova, fintes va masrestling federatsiyasining masʼullari ishtirok etishdi.

    Tadbirda Odil Abduraxmonov nomzodi Oʻzbekiston sogʻlom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi raisi etib saylandi.

    Kun tartibiga muvofiq, Assotsiatsiya raisi oʻrinbosarlarining tarkibi ham shakllantirib olindi. Unga koʻra, Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Saʼdullayev, shuningdek, Jahongir Navroʻzov, Mohir Karimov hamda Shohruh Daliyev Assotsiatsiya raisning oʻrinbosarlari lavozimiga saylandi.

    Tadbirda soʻz olgan Durdona Rahimova Yoshlar siyosati va sport vazirligi ushbu tashkilot faoliyatini rivojlantirish, yoshlar orasida keng targʻib qilishda yelkadosh boʻlishini bildirdi. Shuning bilan, Oʻzbekiston sogʻlom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasining Konferensiyasi oʻz ishini yakunladi, deb xabar beradi Milliy Olimpiya ыщmitasi matbuot xizmati.