Hindiston hukumati Savdo hamda To‘qimachilik vazirliklari ko‘magida Gilam eksportini qo‘llab-quvvatlash kengashi tomonidan 2001 yildan buyon yiliga ikki marta mamlakatning turli shaharlarda o‘tkazib kelinadigan ushbu yarmarka gilamchilik, xususan, qo‘lda to‘qilgan gilamlar sohasida Osiyodagi eng yirik iqtisodiy tadbirlardan biri hisoblanadi.

Tashkilotchilarning maʼlumotlariga ko‘ra, yarmarkada 300 dan ortiq mahalliy hamda xorijiy kompaniyalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi. 10 ming nafardan ortiq kishi, jumladan, dunyoning salkam 50 mamlakati vakillari ushbu yarmarka ishi bilan tanishdi.

Tadbir doirasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar Hindistonning gilam ishlab chiqarish sohasidagi yirik kompaniyalari bilan “B2B” shaklida uchrashuvlar o‘tkazishgani barobarida ishtirokchi va   xaridorlarga mamlakatimizning gilamchilik sohasidagi salohiyatini hamda o‘zbek gilam to‘quvchilarining mahoratini namoyish etishdi.