“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi bilan tegishli shartnoma imzoladi

    Oʻzbekistonga tezyurar poyezdlar yetkazib berish boʻyicha Janubiy Koreyaning poyezdlar ishlab chiqaruvchi Hyundai Rotem Co. kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.

    Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.

    Qiymati 195,7 million AQSH dollari boʻlgan kelishuvga koʻra, Hyundai Rotem “Oʻzbekiston temir yoʻllari” korporatsiyasiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash xizmatlari bilan birga jami 42 ta vagondan iborat oltita tezyurar poyezdni yetkazib beradi.

    Shuningdek, Koreya temir yoʻllari korporatsiyasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” korporatsiyasi bilan ikki tomonlama temir yoʻl rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ekspluatatsiya, texnik xizmat koʻrsatish, texnologiya almashinuvi va xodimlarni oʻqitishga qaratilgan oʻzaro anglashuv memorandumi ham imzoladi.