Rossiya telekanallariga uzatiladigan mazkur teledastur “Moya planeta” telekanali bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda. Telekanalning 7 kishidan iborat ijodkorlar guruhi tomonidan Toshkent, Buxoro, Samarqand hamda Navoiy viloyatlariga (Nurota, Qizilqum cho‘llari, Aydarko‘l) tashrif rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun: 2019 yil mart oyida “Moya planeta” telekanalining ijodiy jamoasi “Magiya vkusa” dasturining “Magiya vkusa. Samarqand va Buxoro”, O‘zbekiston. Xiva” hamda "O‘zbekistonda Navro‘z” nomli sonlarini O‘zbekistonda suratga olgan.

Telekanal tomonidan taqdim etilgan “Udivi menya” ko‘rsatuvining navbatdagi soni 44 daqiqaga mo‘ljallangan bo‘lib, premyera joriy yilning noyabr oyida bir hafta davomida har kuni (yil davomida qayta, takror efirga uzatilishini inobatga olgan holda) belgilangan.

“Moya planeta” Rossiya hududida 30 million va MDH hamda Boltiq bo‘yi davlatlari orasida esa 5 million ga yaqin doimiy tomoshabiniga ega.

“Udivi menya” ommabop ko‘rsatuvi O‘zbekiston turizmi salohiyatini namoyish etish, tarixiy, madaniy merosi va anʼanalarini keng targ‘ib qilish orqali xorijiy teletomoshabinlar orasida mamlakatimiz bo‘ylab sayohat qilish istagini yana-da oshishiga sabab bo‘ladi.

Turizm va sport vazirligi Аxborot xizmati